Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

o_komitete.jpg

O`zbekiston Davlat Geologiya Qo`mitasi (Davgeolqo`m) 1991 yil 12 fevraldan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan № PQ-142-sonli qaroriga binoan tashkil qilingan va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.06.2011 yildagi 165-sonli Qaroriga muvofiq “O`zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo`mitasi to`g`risida Nizom”i tasdiqlanishiga amal qiladi.

Geologiya-qidiruv ishlarining tasdiqlangan dasturlariga muvofiq yer osti boyliklarini geologik o`rganish ishlarini muvofiqlashtiradi va amalga oshiradi, yer osti boyliklarini geologik o`rganish ishlari olib borilishini, gidromineral resurslar, qattiq noruda foydali qazilmalar, qora va kamyob metallar, kamyob yer elementlari zahiralarini ko`paytirish va respublikaning moddiy-hom ashyo bazasi shakllantirilishi, mustahkamlanishi va kengaytirilishi bo`yicha (uglevodorod hom ashyo, noyob va rangli metallar, urandan tashqari) hamda respublika hududini geologik o`rganish sohasidagi boshqa ishlar bo`yicha topshiriqlarning bajarilishini ta`minlaydi.

Davlat geologiya qo`mitasi tizimi bo`yicha davlat mablag`lari hisobiga olingan yer osti boyliklar to`g`risidagi geologik va boshqa axborotlarga mulkdor huquqi va majburiyatlarini amalga oshiradi; ham davlat mablag`lari hisobiga, ham yer osti boyliklaridan foydalanuvchilarning o`z mablag`lari hisobiga o`tkazilgan geologiya-qidiruv ishlari natijasida olingan geologik va foydali qazilmalarning barcha turlari bo`yicha yer osti boyliklari to`g`risidagi boshqa axborotlarni hisobga oladi, saqlaydi va tizimlashtiradi

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech